Joriy yilning 9 oyligi hamda yil yakuniga qadar bajariladigan ishlar to‘g‘risida

Joriy yilning 9 oyligi hamda yil yakuniga qadar bajariladigan ishlar to‘g‘risida

Tuman iqtisodiy kompleks sohasi oldiga quyilgan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, joriy yilning 9 oyligi hamda yil yakuniga qadar bajariladigan ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

2019 yilning 1-yarim yilligida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha.

Sanoat mahsulotlari o‘tgan yilning mos davriga nisbati 104% ga, Axoli jon boshiga 103.6%ga bajarildi.

Xuddi shunday, Iste’mol tovarlari 102.8,%ga, axoli jon boshiga 102.4%ga bajarilgan.

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari 103.3 %ga, axoli jon boshiga 103.0 %ga bajarilgan.

Qurilish ishlari bajarilishi 134.8 %ga, axoli jon boshiga 1346.4 %ga bajarilgan.

Chakana tovar aylanmasi bajarilishi 100.8 %ga, axoli jon boshiga 100.5 %ga bajarilgan.

Bozor xizmatlari bajarilishi 105.7 %ga, axoli jon boshiga
105.2 %ga bajarilgan.

Tumanning tashqi savdo aylanmasi 2,0 mln.AQSh dollarini,jumladan eksport 0.49 mln.AQSh dollarini (25%), import (75%) tashkil etdi.

Tashqi savdo aylanmasidan eksportning o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbati 440.2 foizga oshdi.

Bu tizim bundan buyon aniq maqsadga yo‘naltirilgan, barcha rahbar va xodimlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, bilimlarini yanada mustahkamlash, dunyoqarashini o‘zgartirish kabi hislatlarni o‘zida jam etgan holda amalga oshiriladi.

Jumaladan

Joriy yilning 9 oy yakunlari bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘sish sur’ati 101,9 foizga, qishloq xo‘jaligi 105,1 foizga, qurilish pudrat ishlari 108,7 foizga, chakana savdo aylanmasi 104,2 foizga va xizmatlar hajmi 114,0 foizga yetkazilishi ta’minlanadi.

Joriy yilning 1-yarim yilligida tumanda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha

Tumanda 2019 yilda yangidan tashkil etiladigan kichik biznes sub’ektlar soni 2018 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 4 barobarga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.

Topshiriq ijrosi yuzasidan manbalar, oylar sektorlar, iqtisodiy kopleks kesimida reja-jadval ishlab chiqilib, aniq chora-tadbirlar va mas’ullar belgilab olindi.

Joriy yilning 1 iyul holatida tumanda tadbirkorlik sub’ektlarini sonini to‘rt barobarga oshirish maqsadida iqtisodiy kompleks raxbarlari tomonidan 210 ta yuridik korxonalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib o‘tgan yilning mos davriga 344.2 %ni tashkil etadi.

Buyudjet masalalari bo‘yicha

tumanda Davlat budjeti daromadlari bo‘yicha, 2019 yil uchun pragnoz reja 99 610,1 mln.so‘m qilib belgilab berilgan. Jumladan;

I-chorak uchun 23 770,0 mln.so‘m;

II-chorak uchun 24 450,0 mln.so‘m;

III-chorak uchun 25 263,0 mln.so‘m;

IV-chorak uchun 26 127,1 mln.so‘m qilib belgilangan.

Davlat budjeti daromadlari birinchi yarim yillik uchun 48 155,0 mln.so‘m prognoz reja haqiqatda 55 324,6 mln.so‘m 114,9. foizga ijro etildi. (o‘tgan yilning mos davrida jami tushum 44 172,0mln.so‘m, o‘tgan yilga nisbatan 11 152,6 mln.so‘m         125,2 foizga usgan)

Davlat budjeti daromadlari II-chorak uchun 24 450,0 mln.so‘m prognoz reja haqiqatda 28 780,0 mln.so‘m 117,7  foizga ijro etildi. (o‘tgan yilning mos davrida jami tushum 22 273,8mln.so‘m, o‘tgan yilga nisbatan 6 506,1 mln.so‘m 129,2 foizga usgan)

Davlat budjeti daromadlari iyuln uchun 7 840,5 mln.so‘m prognoz reja haqiqatda 9 304,5 mln.so‘m 118,7  foizga ijro etildi. (o‘tgan yilning mos davrida jami tushum 7 611,6mln.so‘m, o‘tgan yilga nisbatan 1692,9 mln.so‘m 122,2 foizga usgan)

Umumiy birinchi yarim yillik tushumning 42 879,4 mln.so‘mi 77,5 foizi yrik soliq to‘lovchi ShKB(SRU) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Kichik biznes korxonalar tomonidan budjetga jami to‘langan soliqlar  2 739,3 mln.so‘mni, umumiy tushumning 5,0 foizni tashkel etgan bo‘lsa, o‘tgan yilga nisbatan usish so‘rati (o‘tgan yil 2 169,9 mln.so‘m) 569,4 mln.so‘mga o‘sish sur’ati         126,2 foizga oshdi.

Asosiy 7 ta soliq turi bo‘yicha  2019 yil II-chorak uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini ijrosi;

  1. Qushilgan qiymat solig‘i bo‘yicha choraklik reja 1 100,0 mln.so‘m qilib belgilangan bo‘lib, haqiqatda 1 445,0 mln.so‘m 131,4 foiz 345,0 mln.so‘mga ortig‘i bilan ijro etildi.
  2. Foyda solig‘i bo‘yicha choraklik reja 140,0 mln.so‘m qilib belgilangan bo‘lib, haqiqatda 307,2 mln.so‘m 219,4 foiz 167,2 mln.so‘mga ortig‘i bilan ijro etildi.
  3. Aksiz solig‘i bo‘yicha choraklik reja 120,0 mln.so‘m qilib belgilangan bo‘lib, haqiqatda 179,5 mln.so‘m 179,6 foiz 59,5 mln.so‘mga ortig‘i bilan ijro etildi.
  4. Qa’tiy belgilangan soliq turi (ITD) bo‘yicha choraklik reja 8,5 mln.so‘m qilib belgilangan bo‘lib, haqiqatda 18,3 mln.so‘m 215,3 foiz 9,8 mln.so‘mga ortig‘i bilan ijro etildi.
  5. Yer solig‘i bo‘yicha choraklik reja 938,0so‘m qilib belgilangan bo‘lib, haqiqatda 1 131,7 mln.so‘m 120,7 foiz 193,7 mln.so‘mga ortig‘i bilan ijro etildi.
  6. Nedra solig‘i bo‘yicha choraklik reja 94,5so‘m qilib belgilangan bo‘lib, haqiqatda 1 211,9 mln.so‘m 1 282,4 foiz 1 117,4 mln.so‘mga ortig‘i bilan ijro etildi.
  7. Suv resurslaridan foydalanganligi uchun soliq bo‘yicha choraklik reja 1 800,0 mln.so‘m qilib belgilangan bo‘lib, haqiqatda 1 929,2 mln.so‘m 107,2 foiz 129,2 mln.so‘mga ortig‘i bilan ijro etildi.

Tuman mahalliy budjetiga 2019 yil tushumlar rejasi 16 607,7 mln.so‘m qilib belgilab berilgan. Jumladan;

I-chorak uchun 3 759,0 mln.so‘m.       

II-chorak uchun 3 875,0 mln.so‘m.

III-chorak uchun 4 306,5 mln.so‘m.

IV-chorak uchun 4 667,2 mln.so‘m qilib belgilangan.

Tuman mahalliy budjetiga tushumlar birinchi yarim yillik uchun 7 634,0 mln.so‘m prognoz reja haqiqatda 7 749,0 mln.so‘m 102,0 foizga ijro etildi.

Tuman mahalliy budjetiga tushumlar rejasi II-chorak uchun 3 875,0 mln.so‘m prognoz reja xaqiqatda 3 981,0 mln.so‘m 103,0 foizga ijro etildi.

Tuman mahalliy budjetiga tushumlar rejasi iyun oyi uchun 1 237,0 mln.so‘m prognoz reja haqiqatda 1 294,0 mln.so‘m 105,0 foizga ijro etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 iyundagi “Mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 445-sonli qarori ijrosi bo‘yicha, budjetiga 2019 yil II-chorak uchuntushumlar rejasi 4 065,0 mln.so‘m qilib belgilab berilgan, ushbu reja haqiqatda 4 329,9 mln.so‘m 106,5 foizga ijro etildi.

Tumanda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

Mehnat resurslari balansi (2019 y. Yanvar-iyun holatiga):

Jami mehnat resurslari 25 200 kishi: (2018 y 6 oyda 24 800 kishi, 2018 y. 6 oyga nisbata 400 kishi oshgan (101,6%))

Shundan,

Iqtisodiy faol aholi 21.2 ming kishi;

Iqtisodiy nofaol aholi 3,9 ming kishi.

Iqtisodiy faol aholi 21.2 ming kishi: (2018 y.6 oyda 21.1 mingn kishi, 2018 y. 6 oyga nisbatan 0.2 ming kishiga oshgan (100.1%))

Shundan,

Band aholi ming kishi; (19,786 ming kishi, 0.3 ming kishiga ko‘paygan (101.5 %)) (bandlikda KBning ulushi 42 %)

Sh.j rasmiy sektorda bandlar 15,384 ming.kishi; (15,584 ming kishi, 0,2 ming kishiga kamaygan (98,7%))

Norasmiy sektorda bandlar 4,402 ming kishi. (4,602 ming kishi, 0,2 ming kishiga kamaygan (95,6%))

Chetga ketganlar 943 kishi. (00 kishi, 00 kishiga oshgan (00%))

Ishga joylashishga muhtojlar 1,424 ming kishi. (1,624 ming kishi, 0,2 ming kishiga kamaygan (87,6%))

Iqtisodiy nofaol aholi 3,991 ming kishi. (2018 y. 6 oyda 4,291 ming kishi. 2018 y. 6 oyga nisbatan 0,3 ming kishiga kamaygan (93,1%))

Ishsizlik darajasi 6,7 % (ishga joylashishga muhtojlarning iqtisodiy faol aholiga nisbati). (2018 y 6 oyda 6,9 %, 2018 y. 6 oyga nisbatan 0,2 punktga oshgan)

2019 yilda 456 ta yashirin ish o‘rinlarini legalashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda joriy yilning 1 yarim yilligida 00 ta (00%) ish o‘rinlari legallashtirildi.

2019 yilning 2 yarim yilligida 500 ta ish o‘rinlari legalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha reja belgilab olindi.

Jadavallar ilova qilinadi.

“Aholi bandligini ta’minlash” Dasturi ijrosi (2019 y. Yanvar iyul oylarida):

Dasturga muvofiq ish o‘rinlari tashkil etish rejasi:

2019 yilda 637 ta;

Shundan, 2019 yil yanvar-iyul oylarida (7 oyda) 243 ta.

Haqiqatdan:

2018 yil yanvar-iyul oylarida jami 261 mingta (reja 243 mingta, rejaga nisbatan107 %).

Jumladan, Kichik loyihalar (mahalliy loyihalar, o‘z mablag‘i hisobiga kredit olmasdan) hisobiga 63 ta;

Buydjet mablag‘lari hisobida ishga tushadigan ijtimoy va boshqa ob’ektlar hisobiga 51 ta;

Hunuarmandchilikni rivojlantirish hisobiga 104 ta hamda kredit berish hisobiga 43 ta (tijorat banklari mablag‘lari hisobiga 13 ta, bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 11 ta, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 19 ta) ish o‘rinlari tashkil etildi.

Joriy y 9 oyda 354 ta ish o‘rinlari tashkil etilishi yoki dastur parametrlari 101.4 foizga bajarilish kutilmoqda (reja 349 ta ish o‘rni).

Jumladan, Kichik loyihalar (mahalliy loyihalar, o‘z mablag‘i hisobiga kredit olmasdan) hisobiga 79 ta;

Buydjet mablag‘lari hisobida ishga tushadigan ijtimoy va boshqa ob’ektlar hisobiga 51 ta;

Hunuarmandchilikni rivojlantirish hisobiga 89 ta hamda kredit berish hisobiga 46 ta (tijorat banklari mablag‘lari hisobiga 16 ta, bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 26 ta, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 47 ta) ish o‘rinlari tashkil etilishi kutilmoqda.

2019 yil yakuni bilan 658 ta ish o‘rinlari yaratilishi yoki dastur parametrlari ortig‘i bilan bajarilishi kutilmoqda (yillik reja 637 ta ish щrinlari).

2020 yilda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 658 minga yangi ish o‘rinlarini tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Xususan:

  • Yirik loyixalardan (vazirlik, idora va xo‘jalik boshqaruv organlari loyixalari) hisobiga 128 ta;
  • Kichik loyixalardan (mahalliy loyihalar, o‘z mablag‘i hisobidan kredit olmasdan) 110 ta;
  • Budjet mablag‘lari hisobidan ishga tushadigan ijtimoiy va boshqa ob’ektlar hisobiga 51 ta;
  • Hunrmandchilikni rivojlantirish hisobiga 275 ta;
  • Kredit berish hisobiga 150 ta;

Tumanda tijorat banklari tomonidan bajarilgan ishlar.

Joriy yilning 1-yarim yilligida ajratilgan kreditlar to‘g‘risida.

Tumanda 2019 yil 1 iyul holatiga ro‘yxatga olingan kichik tadbirkorlik sub’ektlari soni 500 tani tashkil qilib, shundan 493 tasi yoki 98.6 foizi (7 ta) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’ektlarining asosiy qismi 103 ta (20.6 foizi), savdo 167 ta (33.4 foizi), qurilish 41 ta (8.2 foizi), qishloq xo‘jaligi sohalarida 21 ta (4.2 foizi) korxonani tashkil etadi.

Shuningdek, 2019 yil 1 iyul holatiga xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 6 ta tashkil etib, bugungi kunda ushbu korxonalarning barcha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shu jumladan, joriy yil yanvar-iyunida 5 ta xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etilgan.

Bundan tashqari, joriy yil 1 iyul holatiga tumanda jami
17 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning barcha faoliyat yuritib kelmoqda.

Tumandagi tijorat banklari tomonidan joriy yil yanvar-iyun oylari davomida (TIF Milliy bank Uchquduq filiali, “Mikrokreditbank” ATB Uchquduq filiali) tumanda tadbirkorlik sub’ektlari uchun hamda tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish maqsadida 15.3 mlrd. so‘mlik, shu jumladan, PQ-3777, PQ-4231-sonli qarorga muvofiq oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 5.8 kredit mablag‘lari ajratilgan.

Shu jumladan,

TIF Milliy bank Uchquduq filiali tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 260 ta tadbirkorlik sub’ektiga 6.5 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

Shu jumladan, 23 ta kichik biznes sub’ektlariga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun 3.0 mlrd. so‘m, PQ-3777, PQ-4231-sonli qarorga muvofiq, 237 nafar tuman aholisiga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun 3.5 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

Xuddi shunday, “Mikrokreditbank” ATB Uchquduq filiali tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 192 ta tadbirkorlik sub’ektiga
8.8 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

Shu jumladan, 26 ta kichik biznes sub’ektlariga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun 6.4 mlrd. so‘m, PQ-3777, PQ-4231-sonli qarorga muvofiq, 166 nafar tuman aholisiga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun 2.3 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

Joriy yilning 1 iyul holatiga 458 ta mikrofirma va kichik tadbirkorlik sub’ektlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘lab kelmoqda.

Ulardan, 2019 yilning yanvar-iyun oylari davomida sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi 39 ta korxonaga PQ-3301-sonli qarorga asosan 3 261.5 mln. so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan.

Tuman Davlat xizmatlari tomonidan tumandagi tadbirkorlik sub’ektlariga 725 ta tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lgan Davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Shu jumladan:

tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotishga ruhsat guvohnomasini olish xizmati 26 ta;

Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqish 4 ta;

Suv tarmog‘iga ulanishga texnik shart olish 14 ta;

Elektr energiya tarmog‘iga ulanishga texnik shart olish 27 ta;

Qurilishi tugallangan noturar joylarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha 4 ta;

Boshqa xizmatlar 650 tani tashkil etadi.

Joriy yilning 7 oyligida belgilangan eksport prognoz rejasi 554,6 yoki 10 baroborga oshirilgan reja 105,0 foizga bajarildi. 9 oy yakunlari bilan 789,0 ming.doll miqdorida maxsulotlar eksport rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, amalda 810,6 ming.dollga bajarilishi ta’minlanadi.

 Shuningdek avgust-sentyabr oylarida 255,0 ming.doll miqdorida maxsulotlar eksporti amalga oshiriladi, shundan 130,0 ming.doll sanoat, 125,0 ming.doll meva sabzovot maxsulotlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tumanda joriy yil to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha 2,5 mln.doll reja belgilangan bo‘lib, amalda hisobot davrida ushbu ko‘rsatkich 1,2 mln.dollga uddalandi. Joriy yilning 9 oy yakunlariga qadar ushbu ko‘rsatkich 2,0 mln.dollni yil yakuniga qadar 
3,0 mln.dollni tashkil etadi hamda belgilangan reja
120,0 foizga bajariladi.

Joriy yilning 7 oyi davomida 6 ta xorijiy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning soni o‘tgan yilga nisbatan 6 marta oshdi.

Ushbu korxonalar negizida tumanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa LANMAIJUIAN xorijiy korxonasi tomonidan biryuza va kaxalong toshlarini qayta ishlash, GRANIT MAKERS xorijiy korxonasi tomonidan granit toshlarini qazib olish va qayta ishlab chiqarish bo‘yicha loyixalar ish faoliyatini boshlagan xamda bugungi kunda
1,0 mln.dolldan ortiqroq investitsiyalarni jalb qilishga ulgurgan.

Bundan tashqari Turkiya davlati bilan hamkorlikda UCHTEX xorijiy korxonasi tomonidan tayyor tikuvchilik maxsulotlari ishlab chiqarish, GARANT UCHQUDUQ MChJ  tomonidan gidroponika usulida issiqxona tashkil etish bo‘yicha istiqbolli loyixalar bo‘yicha ishlar jadal suratlarda amalga oshirilmoqda.

 

Uchquduq tumanida import hajmini qisqartirish va mahalliylashtirish loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida

Uchquduq tumanida 2018 yil davomida 4 ta (2017 yilda 3 ta korxona tomonidan 116,6 ming.AQSh dollarilik mahsulotlar importi amalga oshirilgan) korxonalar tomonidan 1203,6 ming.AQSh dollarilik mahsulotlar importi amalga oshirilgan bo‘lib, import qilingan mahsulotlarning
99,5 foizi turli asbob uskunalar va texnologiyalar, 1,4 foizi rangli metallar, 0,2 foizi qora metallar hamda 1,5 foiz kimyo va plastik mahsulotlari sotib olinishi bilan bog‘liq.

Jami import qilingan xom-ashyo materiallari “Umida-Trust Invest” MChJ (410,0 ming.AQSh doll), “Zarafshon Kumush Tuzi” MChJ
(357,8 ming.AQSh doll), “Vitrus” MChJ (35,0 ming.AQSh doll), “LANMAIJIYuAN” MChJ (400,8 ming.AQSh doll)lari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tahlillardan ma’lum bo‘lishicha,

2018 yilda import ko‘rsatkichlarining 2017 yilga nisbatan o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil, bu 2018 yilda ko‘proq ishlab chiqarish uskunalari xarid qilingan.

 Uchquduq tumanida 2019 yilda xom-ashyo importi hajmini kamida
20 foizga kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami qiymati
1,44 mln. AQSh dollarlik import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davrida esa mahsulotlar importi amalga oshirilmagan.

Uchquduq tumanida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda mahalliylashtirish dasturi doirasida bugungi kun holatiga quyidagilar:

Bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, oldin xususiylashtirilgan hozirda foydalanilmayotgan ob’ektlarga nisbatan ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash bo‘yicha qator topshiriqlar berilmoqda.

Xususan tumanda bu borada ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Dastlabki inventarizatsiya natijasida tumanda 77 ta bo‘sh turgan binolar aniqlangan bo‘lib, ulardan 7 tasi davlat mulki ob’ektlari,
8 tasi avval xususiylashtirilgan, 62 tasi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan xususiy binolar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu ob’ektlardan samarali foydalanish maqsadida aniq muddatli yo‘l xaritalari tasdiqlandi hamda ijroga qaratilishi natijasida ulardan 21 tasi o‘z ish faoliyatlarini boshladi.

Belgilangan muddatlarda ish faoliyatlarini boshlamagan 32 ta ob’ektlarga nisbatan 155,0 mln.so‘m ta’sirchan soliq mexanizmi qo‘llanildi. Joriy yilnnig 9 oyi yakunga qadar yana 11 ta bo‘sh turgan ob’ektlar foydalanishga topshiriladi.

Прочитано: 704 раз Внесены поправки 21 Sep 2019

Учкудукский район

Районный центр - город Учкудук. Дата образования района - 22 апреля 1982 года. Территория - 4663 тыс. Км. C Навоийского областя расстояние до центра района 300 км. Население - 37028 тысяч человек

Краткая информация

Будьте на связи

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Телефон: (+99879) 593-11-03
  Факс: (0436) 593-11-01
  Адрес: Навоийская область, район Учкудук, улица Амир Темура, дом-28

В социальных сетях: