Uchquduq tumanda xorijiy investitsiyalar bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida ma'lumot

Uchquduq tumanda xorijiy investitsiyalar bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida ma'lumot

2018 yilning 11-12 may kunlari Navoiy viloyatida Xalqaro biznes forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu biznes forumda Xitoylik investor “LANMAIJIYUAN” MChJ tomonidan Uchquduq tumanidagi biryuza, kaxolong toshlariga qiziqish bildirilib  ushbu toshlarni qayta ishlash (zargarlik buyumlari yasash) hamda investitsiya kiritish bo‘yicha memoriandum imzolandi.

Memoriandumga ko‘ra “LANMAIJIYUAN” MChJ tuman Davlat xizmatlari markazidan 2018 yilning 3 iyulida  ro‘yxatdan o‘tkazildi. Xitoylik investor tomonidan  12 000,0 mln. so‘m miqdorida investitsiya kiritish evaziga 25 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Tuman hokimligi balansida bo‘lgan “Vostok” oshxonasini “nol” qiymatda  mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyatga 10 yilga ijaraga berildi.

2018 yil davomida 960,0 ming. AQSh dollari, 2019 yil aprel oyiga qadar 150,0 ming.  AQSh dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bugungi kunda jihozlarning bir qismi olib kelingan toshlarni qazib olish ishlarini boshlash uchun O‘zbekston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasdan litsenziya olingan.     (2018 yil 24 Oktyabr №NV 0030 NV  0029)

 Hozirda “Altintau” biryuza konlarini o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 Bundan tashqari, Uchquduq tumani hokimi S.Xamroyev tomonidan  joriy yil 20-22 fevral kunlari Xitoy davlatiga tashrifi davomida “Xiamen Pegasus Eastern” kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilib 3,0 mln. AQSh dollariga teng  kaolin yer osti qazilma boyliklarini sanoat usulida qazib olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Xiamen Pegasus Eastern” kompaniyasi tomonidan ushbu qazilma boyliklarini qazib olish ishlariga kerakli bo‘lgan asbob uskunalar Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelinishi rejalashtirilgan.

“Granite Makers” MChJ tomonidan granit toshlarini qazib olish ishlarini tashkil etish uchun tashabbuskorning o‘z mablag‘i hisobidan jami 1 mln. AQSh dollari sarflanib, loyihani amalga oshirilishi natijasida 10 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda ushbu loyihani ishga tushirish bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan 30 ga. yer maydoni hamda “0” qiymatda bo‘sh bino ajratildi. “Granite Makers” MChJ xorijiy hamkori tomonidan  Feng  Youming  tomonidan 800,0 ming AQSh dollariga teng granit toshlarini qazib olish asbob uskunalari Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelindi.

Shu bilan birga Rossiya Federativ Respublikasining OOO “PM Kapital” tasischiligi asosida “Uchquduq Agro Complex” MChJ xorijiy korxonasi ochildi. Ushbu korxona tomonidan Qishloq xo‘jalik soxasida 19,0 mln. AQSh dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya bo‘lib 20 ming bosh qo‘ychilik hamda  1000 bosh tuyachilik klasterini tashkil etish loyihasi bo‘lib natijada 872 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Tuman hokimligi tomonidan 410,0 ming gektar yer maydonlari ajratildi tarmoq jadvallari tasdiqlangan.

Xususan, “Uchtex” MChJ tuman Davlat xizmatlari markazidan ro‘yxatdan o‘tkazilib 0,5 mln. AQSh dollari miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb qilish evaziga trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar jadal suratlarda davom etmoqda.

Tumanimiz delegatsiyasi joriy yilning 31 iyul - 4 avgust kunlari Ukraina Respublikasi Odessa viloyati Yujnыy shahriga tashrifi davomida Yujnыy shahrining sportni rivojlantirish agentligi tomonidan Uchquduq tumanida qiymati 0,5  AQSh dollariga teng bo‘lgan “Sport kompleks” tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yil yakuniga qadar qo‘shimcha investitsiya loyihalarini tashkil etish evaziga 2,0 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Прочитано: 619 раз Внесены поправки 21 Sep 2019

Учкудукский район

Районный центр - город Учкудук. Дата образования района - 22 апреля 1982 года. Территория - 4663 тыс. Км. C Навоийского областя расстояние до центра района 300 км. Население - 37028 тысяч человек

Краткая информация

Будьте на связи

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Телефон: (+99879) 593-11-03
  Факс: (0436) 593-11-01
  Адрес: Навоийская область, район Учкудук, улица Амир Темура, дом-28

В социальных сетях: